×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi katta va ochiq intervyu berdi

Messi katta va ochiq intervyu berdi

Автор: admin


"Barselona" hozirda qiyin davrlarni boshdan o'tkazmoqda. Klub mojarolar markazida qolib ketdi: OAVda direktorlar kengashi buyurtmasi bilan hozirgi rahbariyatni qo'llovchi piar-kompaniya o'tkazilayotgani haqidagi malumot tarqalib ketdi. Ushbu jarayonning bir qismida rahbariyatni oqlash uchun bazi futbolchilarni qoralash, hattoki u "Barselona" futbolchisi bo'lsa ham, ularni ochiqchasiga tanqid  qilish va ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qo'yish holatlari kuzatildi. Rahbariyatdan norozilar orasida jamoa etakchisi Lionel Messi ham borligi etiborni tortadi albatta.

Aynan shunday mushkul vaziyatda Leo katalon gazetasi Mundo Deportivo ofisiga keldi va katta intervyu berishga qaror qildi. U juda ko'p narsalar haqida ochiqchasiga suhbatlashdi: shaxsiy hayoti, klub sport direktori Erik Abidal bilan bo'lgan mojaro, futbolchilarning yangi murabbiyga ko'nikish jarayoni va albatta Ronaldu haqida ham bazi gaplarni aytib o'tdi.

Oilasi va shaxsiy hayoti
— "Barselona"dagi ilk kunlarimdanoq Antonella yonimda edi. U xotirjamlik bag'ishlaydi va futboldan boshqa narsalarga etibor berishimda ko'maklashadi. Menga hayot tarzim yoqadi: men va oilam yashaydigan Kasteldefens tumani, kunlik rejalarim, vaqtimni oilam bilan o'tkazish. Ko'p vaqtimni bolalarim bilan o'tkazaman. Kun oxiriga kelib, ikkalamiz ham charchab, holdan toyib qolgan bo'lamiz. CHunki 3 nafar bolani eplashning o'zi bo'lmaydi. Dam olishga ertaroq yotamiz. Seshanba va payshanba kunlari ularni futbol maktabiga olib boramiz, uyga qaytganimizda soat etti atrofida bo'ladi. Bizning hayotimiz oddiy odamlarnikidek va bu shunchaki ajoyib.


"Barselona"dan ketish borasida
— Oldin aytganimni yana takrorlashim mumkin. Klub shu erda bo'lishimni istar ekan, men tomondan muammolar bo'lmaydi. Menga bu erda o'ynash yoqadi, men klubda qolishni va yangi g'alabalarga erishishni istayman. Yana bir bor CHempionlar Ligasi bosh sovrinini boshim uzra ko'tarmoqchiman va buni uddalashga umid qilaman. Klubga istiqbolli loyiha zarur.
(shartnomadagi, mavsum yakunida jamoani bepul tark etishi mumkinligi borasidagi band haqida) Bu band hech nimani o'zgartirmaydi. Avval ham klubni tark etish imkoniyatim bor edi. Kerakli summani to'lashga tayyor klublar paydo bo'lgandi ham, lekin bu muammo emas. Yana bir bor aytaman: klub buni istamasa, hech qanday muammo yo'q.

"Barselona" o'yin uslubi o'zgarishi haqida
— Biz yangi murabbiyga ko'nikmoqdamiz. Har kimning o'yinga nisbatan o'z qarashi bo'ladi, shuning uchun ham hozir futbolchilarga oson emas. Valverde bizdan bir xil o'yin talab qilgan bo'lsa, hozir boshqa narsa so'ralmoqda. Seten menga ko'proq erkinlik bermoqda. Bazan, "Bilbao" bilan o'yindagi kabi, u meni "aldamchi to'qqizlik" poziciyasiga qo'ymoqda, bazan qanotda o'ynayapman. To'pni o'yinga kiritishda ter SHtegenning ishtiroki? Ha, bu o'zgarishlarning yana biri. Endi u avvalgiga nisbatan ko'proq o'yinga qo'shilmoqda. Bazan bu tavakkalchilik, lekin shuning yordamida biz himoyadan yaxshiroq vaziyatga chiqib borishimiz mumkin. Boshqa o'zgarishlar ham bor. Pressing, biz raqib ancha erta kutib olishimiz kerak va kontrpressing, to'pni oldirib qo'yishimiz bilan kurashga kirishamiz. Avval bu narsalar yo'q edi, shuning uchun ko'nikishga vaqt ketadi.

Seten – o'yinchilarga yaqin inson. U doim futbol haqida gapiradi, mayda detallarga etibor beradi va ularni futbolchilar bilan muhokama qiladi.

Valverdening ketishi haqida
— Valverdening istefosidan afsusdaman. Sababi u nafaqat ajoyib murabbiy balki juda yaxshi inson ham. Biz murabbiy emas ko'proq futbolchilar tufayli qator o'yinlarda ochko yo'qotdik, lekin butun jamoani o'zgartirgandan, murabbiyni istefoga chiqargan osonroq. Keyin esa Superkubok uchun bahs: biz butun o'yin davomida tizginni o'z qo'limizda ushlab turdik, ammo oxirgi 5 daqiqada sabab musobaqani trak etdik. SHuning uchun barchasi shunday yakunlandi va bundan juda afsusdaman.


Primera va CHempionlar Ligasidagi imkoniyatlar
— Bu mavsum "Madrid" ham, biz ham ko'p ochko yo'qotyapmiz. Har ikki jamoaga stabillik etishmayotgandek. SHu sababli chempionlik uchun kurash oxirgi turgacha davom etsa kerak. "Klasiko" qanday natija bilan yakunlansa ham bu kurashni hal qilib bermaydi, chunki keyin "Selta" bilan o'yinda ham shuncha ochko yo'qotish mumkin. 
CHempionlar Ligasiga keladigan bo'lsak, biz o'sishimiz zarur. Nazarimda, hozirgi holatimizda bosh sovrin uchun kurasha olmaymiz. "Barselona"ga ishonchli o'yin etishmayapti. Stabillik etishmayapti, butun yil davomida yo'l qo'yayotgan ahmoqona xatolarni tugatish kerak. Xuddi CHempionlar Ligasida "Roma" va "Liverpul"ga qarshi uchrashuvlardagidek: maydondasanu, ammo sheriklaring bilan aloqa yo'qdek. Bu musobaqada birgina detal tufayli sizni yanchib tashlay oladigan raqiblar bo'ladi. Biz iloji boricha tezroq yangi murabbiyning fikrlarini o'zlashtirishimiz va yaxshi sport formasiga kirib olishimiz zarur.

"Roma" va "Liverpul"ga qarshi uchrashuvlar...
— Men hali ham o'shanda nima bo'lganini tushunib etmadim. "Roma" bilan bo'lgan uchrashuvlar bo'lishimi mumkin. Qisqa vaqtga bo'lsada diqqatni yo'qotsangiz, jazolanasiz. Bunday o'yinlar o'n yillik va undan ko'proq davrda bir bo'lishi mumkindir, ammo keyingi yil biz yana deyarli shunday holatga tushib qoldik. Mana shuni men hech qanaqasiga tushuntirib berolmayman.

Krishtianu Ronaldu haqida
— "Real" u ketgach nima yo'qotdi? Ko'pgina gollar! Yo'q, albatta, Ronaldu jamoaga faqatgina gollar bermagan. Lekin u muntazam gol ura oladi. U shafqatsiz hujumchi va gol urish uchun unga yarimta imkoniyat ham etarli bo'ladi. "Madrid"da hozir ham ajoyib futbolchilar bor, ammo ularning hech biri har mavsum 50 tadan gol urmaydi – asosiy farq shunda.


"Barselona" sport direktori bilan mojaro
— U nega bunday deganini tushunmadim. Lekin o'zimni xuddi menga kimdir tashlanganday his qildim. Jamoamiz ichidagi vaziyat, kiyinish xonasidagi gaplar haqida shundoq ham ko'p eslashmoqda. Emishki, aynan futbolchilar jamoaga murabbiy olib kelib, boshqasini bo'shatayotgan ekan. Ayniqsa, men. Xuddi bu boradagi qarorni men qabul qiladigandek. Eng yoqmagan tomoni, bu gaplarni klub direkotrlaridan biri aytgani bo'ldi. Futbolchilar murabbiyni bo'shatishda faollik ko'rsatganlikda ayblash, aqlbovar qilmaydigan gap. Qarorni direktor qabul qilmaydimi? U o'sha qarorlar uchun javobgar u-ku?! Murabbiydan futbolchilar norozi edi deyish va aniq ismlarni aytmaslik, bu butun jamoaga tashlanish degani.
Umuman olganda, yanvar oyining boshidan buyon jamoada muntazam nimadir bo'lmoqda. Bu esa futbolchilarga halaqit qiladi. Ular bor etiborlarini o'yinga qarata olmay qolayaptilar, ularni tinmay chalg'itishmoqda.


CHempionlar Ligasidagi raqiblar haqida
— "Man Siti"ning chetlatilishi? Meni bu qaror hayron qoldirdi. Ish bungacha etib borishini hech kim kutmagan bo'lsa kerak. «PSJ», adashmasam, shunchaki jarima to'lagandi. Yakunda "Siti"dek klub ularning pullari, imkoniyatlari va shunday futbolchilari bilan musobaqadan chetlatilsa, juda g'alati bo'ladi. SHunday bo'lsa, Aguero "Barselona"ga o'tishi mumkinmi? Siz jamoamizga butun dunyo o'tishini xohlamaysizmi? Bilmasam, CHempionlar Ligasi bo'lmasa ko'p o'yinchilar ketishni istab qolsa kerak. Qaysi raqib kuchliroq? Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. "Liverpul" yutqazdi, PSJ yutqazdi. G'oliblik uchun asosiy davogarlar – "Real", "Yuventus", "Liverpul" va PSJ. "Liverpul" bilan yana bir bor to'qnash kelishni istarmidim? Keling, oldin "Napoli"dan o'tib olaylik.
19     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *