×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Chelsi» futbolchisi fuqaroligini o‘zgartirdi

«Chelsi» futbolchisi fuqaroligini o‘zgartirdi

Автор: admin


«Chelsi» yarimhimoyachisi Villian fuqaroligini almashtirgani haqida gapirib berdi.
«Men yaqinda Britaniya fuqaroligini olish uchun test topshirdim. Unda mamlakat tarixiga oid savollar bor edi. Ochig‘i, bu juda qiyin jarayon edi. Savollarning murakkabligidan xatto ularga britaniyalik do‘stlarim ham javob berishga qiynalishdi. Men uchinchi urinishdagina Britaniya fuqaroligini oldim. 
Men «Chelsida» olti yildan beri o‘ynayapman va bu yerda baxtliman. Oilam Londondan ketmoqchi emas. London — bizning ikkinchi uyimizdir.  Farzandlarimning aynan shu yerda voyaga yetishlarini xohlayman»,— deb Villianning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Asli braziliyalik bo‘lgan Villian «Chelsi»ga 2013 yilda «Anji»dan o‘tgandi. Uning «ko‘klar» bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.


12     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *