Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov yana farzandli bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov yana farzandli bo‘ldi

Автор: admin


O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov farzandli bo‘ldi. Bu haqda futbolchi haqida yozadigan fan kanal xabar berdi. Unda yozilishicha, milliy jamoa sardori qizli bo‘lgan.

Shu tariqa Odil Ahmedovning farzandlari soni 4 nafarga yetdi. Bungacha futbolchining oilasida ikki nafar o‘g‘il (Shohruz va Behruz) va bir nafar qiz (Shirinabonu) tug‘ilgandi.
Ma’lumot uchun, 2007 yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynab kelayotgan Odil Ahmedov bosh jamoa safida 20 ta gol urgan. Faoliyati davomida «Navbahor», «Paxtakor», «Anji» va «Krasnodar» kabi jamoalarda harakat qilgan Ahmedov 2017 yildan buyon Xitoyning «Shanhay SIPG» klubida o‘ynamoqda.


Теги: Odil Ahmedov
123     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *