×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Jahon » Afsonalar kubogi. Morentesning dubli Ispaniyaga Portugaliya ustidan g‘alaba keltirdi

Afsonalar kubogi. Morentesning dubli Ispaniyaga Portugaliya ustidan g‘alaba keltirdi

Автор: admin


Faxriy futbolchilardan iborat Afsonalar kubogi-2020 doirasidagi dastlabki uchrashuvda Ispaniya milliy jamoasi Portugaliya ustidan 5:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu kuni ispanlar tarkibida Fernando Morentes dublga erishgan bo‘lsa, Gaiska Mendeta, Santyago Eskerro, Fernando Sans bittadan golga mualliflik qilishdi. Portugaliyaning uchta goli esa Simau Sabroza, Elder Poshtiga va Visente Rodriges nomiga avtogol sifatida yozildi. 
O‘yinda jamoalar quyidagi tarkibda maydonga tushishdi:
Ispaniya
: Pedro Kontreras, Santyago Eskerro, Visente Rodriges, Albert Riyera, Fernando Sans, Ivan Kampo, Joan, Kapdevila, David Albelda, Markos Senna, Gaiska Mendeta, Fernando Morentes.
Portugaliya: Nenu, Luish Boa Morte, Nunu Gomesh, Nunu Assish, Pedru Mendesh, Simau Sabroza, Paulu Madeyra, Paulu Ferreyra, Fernandu Meyra, Rikardu Rosha, Paulu Santush, Elder Poshtiga.
Ma’lumot uchun, Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tayotgan ushbu musobaqada Fransiya, Portugaliya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya va yulduzlar terma jamoasi ishtirok etmoqda.


16     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *