Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino: «Son va Keynsiz top-4ga kirish qoyilmaqom natija bo‘lardi»

Mourino: «Son va Keynsiz top-4ga kirish qoyilmaqom natija bo‘lardi»

Автор: admin


«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining APLdagi imkoniyatlarini baholadi. 
«Mavsumni top-4da yakunlash mening eng yaxshi natijam bo‘ladimi? Bunday sharoitda, ha.
Son va Keyn «Tottenhem»ning eng ko‘p gollarini urishgan. Agar biz ularsiz 4-o‘rinni egallasak, aql bovar qilmaydigan natija bo‘ladi. Biz bor imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.
Hozirgi holatimizdan g‘ururlanaman. Yigitlar fantastik tarzda o‘z pozitsiyalariga qaytishdi. Bu bizga kuchli to‘rtlik uchun kurashishimizga imkon beradi. Vaziyat murakkab.
Biz biror maqsad haqida o‘ylamaymiz. Shunchaki o‘yindan-o‘yinga o‘tishni xohlaymiz. 3 oy davomida pastdan yuqoriga chiqib keldik. Hozir 4-o‘rindagi «Chelsi»dan 1 ochko ortdamiz. Hozirgi vaziyat «Tottenhem»ga kuchli to‘rtlik uchun kurashish imkonini beradi», – deb Mourinoning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, «shporlar» APLning 27-turida 22 fevral kuni «Chelsi» bilan bahs olib borishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.



32     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *