Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. Levandovskining dubli «Bavariya»ga g‘alaba keltirdi

Bundesliga. Levandovskining dubli «Bavariya»ga g‘alaba keltirdi

Автор: admin


Germaniya Bundesligasi 23-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Bavariya» klubi «Paderborn»ni mag‘lub etdi.
O‘yinda hisobni Gnabri ochgan bo‘lsa, taym yakunida Srbeni muvozanatni tikladi. 70-daqiqada Levandovski jamoasini hisobda oldinga chiqardi, ammo besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Mixel hisobni yana tenglashtirdi - 2:2.
Uchrashuvning 88-daqiqasida Levandovski dubl qayd etib, «Bavariya»ga muhim g‘alabani keltirdi va Myunxen klubi ochkolar sonini 49taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Bundesliga. 23-tur
21 fevral
Bavariya – Paderborn 3:2
Gollar: 1:0 – 25 Gnabri, 1:1 – 44 Srbeni, 2:1 – 70 Levandovski, 2:2 – 75 Mixel, 3:2 – 88 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Lyuka Ernandes, Odriosola (Koman, 63), Alaba, Kimmix, Gnabri, Devis, Koutino (Myuller, 63), Tolisso (Zirkzeye, 87), Alkantara, Levandovski.
Paderborn – Singerle, Shonlau, Yans, Shtrodik, Gyasula, Antvi-Adjey, Vasiliadis, Xoltmann (Yastshembski, 29), Preger, Mamba (Mixel, 53), Srbeni (Fridounsson, 81).


33     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *