×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Napoli» safarda irodali g‘alabaga erishdi

A Seriya. «Napoli» safarda irodali g‘alabaga erishdi

Автор: admin


Italiya A Seriyasi 25-turiga start bergan uchrashuvda «Napoli» safarda «Breshiya» ustidan g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda hisobni Chanselor ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada Insine 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada esa Fabian Ruis tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga irodali g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi «Napoli» turnir jadvalida 36 ochko bilan 6-pog‘onaga ko‘tarildi. «Breshiya» esa 16 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.
Italiya A Seriyasi. 25-tur
Breshiya – Napoli 1:2
Gollar: 1:0 – 26 Chanselor, 1:1 – 49, penalti Insine, 1:2 – 54 Fabian Ruis.
Breshiya – Yoronen, Sabelli, Chanselor, Martella, Mateyu, Dessena (Ndoy, 85), Zmrgal, Byarnason (Skrabb, 65), Bizoli, Tonali, Balotelli.
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Mariu Ruy, Maksimovich, Manolas, Fabian Ruis, Elmaz (Zelinski, 76), Insine, Demme (Allan, 86), Politano, Mertens (Milik, 67).


11     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *