×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rivaldo: «Gvardiola «Barselona»ga qaytish uchun katta imkoniyatga ega bo‘ldi»

Rivaldo: «Gvardiola «Barselona»ga qaytish uchun katta imkoniyatga ega bo‘ldi»

Автор: admin


«Barselona» klubi va Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Kataloniya klubiga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.
«Manchester Siti» moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmagani uchun 2 mavsumga Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborildi. Agar «Siti» 2 yilni Chempionlar Ligasisiz o‘tkazsa, Pep Gvardiola kelasi mavsumda «Barselona»ga qaytish uchun katta imkoniyatga ega bo‘ladi. Ammo bu kataloniyaliklarning mavsum oxiriga qadar ko‘rsatadigan o‘yinlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Agar «Barsa» bu mavsumda Kike Seten boshchiligida Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonsa va La Ligada chempion bo‘lsa, murabbiyni almashtirish uchun hech qanday sabab bo‘lmaydi. Ammo agar jamoa kutilgan natilarni ko‘rsatmasa va muxlislarning norozligiga uchrasa, unda Gvardiolani eng ko‘p yutuqlarga erishgan klubida ko‘rish imkoniyati bor.
Vaziyatni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishga juda erta. Mavsum oxirigacha kutishimiz kerak», – deb Rivaldoning so‘zlarini keltiradi BetFair.


12     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *