Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Italiyada koronavirus tufayli o‘yinlar qoldirildi

Italiyada koronavirus tufayli o‘yinlar qoldirildi

Автор: admin


Italiyada koronavirus bilan xastalanish xavfi oshgani sababli bir necha o‘yinlar qoldirildi.
Football Italia xabariga ko‘ra, «Kodono» havaskorlar klubining futbolchisi yangi virusni yuqtirib olgan va shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi. Shundan so‘ng, havaskorlar ligasi musobaqasi to‘xtatilgan.
Bundan tashqari, S Seriya va D Seriyaning bir qancha o‘yinlari boshqa muddatga qoldirilgan. 
Ayni paytda Italiyada 29 kishi xavfli koronavirusni yuqtirib olgani ma’lum. Ulardan ikki nafari vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoyda yangi koronavirus tarqalgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirgacha dunyo bo‘yicha 2,5 mingga yaqin odam bu xastalikdan vafot etdi.


31     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *