×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Chelsi» «Tottenhem»ni mag‘lub etib, muvaffaqiyatsiz seriyaga barham berdi

APL. «Chelsi» «Tottenhem»ni mag‘lub etib, muvaffaqiyatsiz seriyaga barham berdi

Автор: admin


Angliya Premer-Ligasida 27-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.   
«Chelsi» o‘z maydonida «Tottenhem» bilan o‘ynadi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida gollar Olive Jiru va Markos Alonso hisobiga yozildi. So‘ngi daqiqada esa Ryudiger o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
«Chelsi» qatorasiga 4ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi. «Tottenhem» esa ketma-ket 3ta g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyat alamini totdi.
Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 44 ochko bilan 4-o‘rinda, «Tottenhem» esa 40 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
APL, 27-tur
Chelsi – Tottenxem 2:1 (1:0, 1:1)
22 fevral, «Stemford Brij» stadioni

Gollar: 1:0 – 15 Jiru, 2:0 – 48 Alonso, 2:1 – 89 Ryudiger (avtogol). 
Chelsi – Kabalero, Jeyms, Aspilikueta, Kristensen, Alonso, Maunt, Jorjino, Barkli (Villian, 77), Kovachich, Ryudiger, Jiru (Abraxam, 71).
Tottenhem – Loris, Tanganga, Sanches, Alderveyreld (Ore, 78), Devis, Ndombele (Lamela, 63), Lo Chelso, Lukas Moura, Uinks, Bergveyn (Alli, 78), Vertongen.
Ogohlantirishlar: Uinks (23), Kristensen (65), Lo Chelso (81).


10     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *