Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pep Sterlingning “Real”ga o‘tishi borasidagi savollarga javob berdi

Pep Sterlingning “Real”ga o‘tishi borasidagi savollarga javob berdi

Автор: admin


Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Lester”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.
- Ayni damda Jamoangizda jarohat olganlar soni ortib bormoqda. Sterling, Sane va Davis Silvalar qachon maydonga qaytishadi?


- Ularning ahvoli yaxshi, biroq o‘yinga tushishga to‘liq tayyor emas. Davis Silva tajribali futbolchi. U vaziyatga to‘g‘ri baho berdi o‘z jarohati borasida bizga avvalroq xabar berdi. Rahim deyarli tiklanib bo‘ldi. U o‘zini yaxshi his etmoqda. Leroy ham o‘zini yaxshi his etmoqda, biroq unga ko‘proq vaqt talab etiladi. 6 oy futboldan chetda qolgan futbolchini maydonga tushirishga shoshmaslik kerak
- Yaqindagina Rahim Sterling “Real Madrid” jamoasi haqida iliq fikrlar bildirdi. Xuddi bir qo‘lida “Real Madrid” futbolkasini ushlab so‘zlagandek tuyuldi barchaga. Ushbu intervyuga qanday fikr bildarasiz?
- Futbolchilar o‘zlari o‘ylayotgan va ishonayotgan narsalar borasida istaganlarini aytishlari mumkin. Biz bu yerda ularning fikrlarini boshqarish uchun faoliyat olib bormayapmiz. Bu odatiy hol. Agar u Madrid mediasiga intervyu bergan bo‘lsa, demak Madrid haqida so‘zlashiga to‘g‘ri kelgan. Bu normal holat.
Siz jamoa bilan qolishingiz to‘g‘risida bayonot berdingiz. Futbolchilaringiz ham sizdek yo‘l tutadimi?
- Men futbolchilarimning vafodor ekanligiga yuz foiz ishonaman. Ular bilan bir yo ikki kundan beri ishlayotganim yo‘q. Ular uzoq yillardan beri o‘z sadoqatini namoyish etib kelishmoqda. Shunga qaramay, mavsum so‘nggida nimalar ro‘y berishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Yozda barchamiz muhim qarorlarni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Klub doimmo futbolchilar bilan aloqada bo‘lishga intiladi. Ayni damda, biz birlashgan xolda, barcha o‘yinlarda bor kuchimiz bilan harakatlanishimiz darkor. O‘z yigitlarimdan ko‘nglim to‘q.
- Pep Brenden Rojers sizni birinchi bor mag‘lub qilishni oldiga maqsad qilib qo‘yganini ma’lum qildi. Aytinchi, uning jamoasi ko‘rsatayotgan o‘yinlar haqida qanday fikr bildirasiz?
- Maydonda men u bilan to‘p surmayaman. Bizning jamoalarimiz futbol o‘ynashadi. Shu sababli savolingizning birinchi qismini ochiq qoldiraman.
Men Rojersning “Liverpul” va “Seltik”dagi faoliyati bilan yaxshi tanishman. Ochig‘i uning jamoasi ko‘rsarayotgan agressiv futbolga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Bundan tashqari, Rojers doimmo jamoadagi atmosferani yaxshilashga urunadi. Shuningdek, ularda seleksiya ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etib o‘tish joiz. Jamoa shu jihat borasida juda yaxshi ish olib bormoqda. Klub skaulari klub uchun foydali va kerakli kadrlarni yetkazib turishda benazir.O‘ylashimcha, bunday jamoalar APLni yanada qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlab beradi.
Jimmi Vardi “Manchester Siti”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilardan biri. Buning sababi nimada?
- Sababi uning pozitsiyasi darvozamizdan atigi 40 metr uzoqlikda joylashgan va Jimmi bundan unumli foydalanmoqda. Menimcha, Vardi faqat bizga gol urmasa kerak. U APLning deyarli barcha jamoasi darvozasini ishg‘ol qilganini ham qo‘shib qo‘ying. U yuqori tempni so‘nggi daqiqalarda ham ushlab tura oladigan hujumchilardan. Aynisa jarima maydonchasi ichida uning harakatlari tulkini islatib yuboradi. Chaqqon, kurashuvchan va jamoaviy futbolchi. Uning o‘yinlaridan doimmo zavqlanganman.

31     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *