Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Ronaldu va Remzining gollari «Yuventus»ga autsayder ustidan g‘alaba keltirdi

A Seriya. Ronaldu va Remzining gollari «Yuventus»ga autsayder ustidan g‘alaba keltirdi

Автор: admin


Italiya chempionatining 25-turida «Yuventus» safarda SPAL mehmoni bo‘lib, Ronaldu va Remzining gollari evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mezbonlardan yagona javob to‘pini Petanya kiritdi.

G‘alabadan so‘ng «Yuve» ochkolarini 60taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. SPAL esa 15 ochko bilan 20-o‘rinda qoldi.
A Seriya, 25-tur
SPAL – Yuventus 1:2
22 fevral, «Paolo Matssa»

Gollar: Petanya (69, penalti) – Ronaldu (39), Remzi (60).
SPAL: Berisha, Bonifatsi, Zukanovich, Chonek, Retsa, Missiroli (Tunov, 80), Valdifori, Valoti (Di Franchesko, 89), Kastro (Fares, 60), Espeto, Petanya. 
Yuventus: Shensni, Kellini (de Ligt, 55), Danilo, Rugani, Sandro, Matyuidi (Bernardeski, 79), Bentankur, Remzi (Rabo, 73), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Valoti (19), Zukanovich (45), Matyuidi (78), Strefetssa (88), Danilo (90), Sionek (90+1).


37     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *