Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Manchester Siti» safarda «Lester»ni mag‘lub etdi (turnir jadvali)

APL. «Manchester Siti» safarda «Lester»ni mag‘lub etdi (turnir jadvali)

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi yana bir markaziy o‘yinda turnir jadvalida 2-3-o‘rinlarni egallab turgan «Lester» va «Manchester Siti» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning 62-daqiqasida VAR tizimi orqali belgilangan penaltidan Aguero foydalana olmagan bo‘lsa, 77-daqiqada aynan Serxioning o‘rniga maydonga tushgan Gabriel Jezus uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Shmeyxel darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.
Ushbu g‘alabadan keyin Gvardiola jamoasi turnir jadvalidagi ochkolari sonini 57taga yetkazib, 3-o‘rindagi eng yaqin ta’qibchilari sanalmish «Lester» bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazishdi.
APL. 27-tur. 22 fevral
Lester – Manchester Siti 0:1
Gol: 0:1 – 80 Gabriel Jezus. 
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Fuks, Evans, Chiluell, Prat, Meddison, Tilemans, Seyundjyu, Ixeanacho (Barns, 46), Vardi.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Mendi, Laport (Otamendi, 58), Fernandino, Rodri Ernandes, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, de Bryuyne, Mahrez, Aguero (Gabriel Jezus, 77).



65     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *