Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koronavirus xavfi tufayli «Barselona» futbolchilarining harorati o‘lchanadi

Koronavirus xavfi tufayli «Barselona» futbolchilarining harorati o‘lchanadi

Автор: admin


«Barselona» klubi 25 fevral kuni Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Napoli» bilan o‘ynaydi.
ESPN jurnalisti Moi Lorens xabariga ko‘ra, Neapol shahriga tashrif buyurgan «Barselona» klubining barcha a’zosi tana harorati o‘lchanadi. Agar me’yordan baland ekani aniqlansa, zudlik bilan shifoxonaga yo‘llanadi.
Bunday choralar koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Avvalroq A Seriyaning bir qancha o‘yinlari yuqumli kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa muddatga qoldirilgan edi.


32     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *