Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Yirik hisobda g‘alaba qozongan «MYU» «Tottenhem»ni quvib o‘tib 5-o‘ringa ko‘tarildi

APL. Yirik hisobda g‘alaba qozongan «MYU» «Tottenhem»ni quvib o‘tib 5-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: admin

APLda 27-tur o‘yinlari davom etmoqda. O‘z maydonida «Uotford»ni qabul qilgan «MYU» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Portugaliyalik Brunu Fernandesh penaltidan hisobni ochdi va «MYU» safidagi debyut golini urdi. Antoni Marsyal va Meyson Grinvudlar hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Shu tariqa ochkolari sonini 41 taga yetkazib olgan «MYU» «Tottenhem» va «Sheffild»ni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. 27-tur
MYU — UOTFORD 3:0
Gollar:
Brunu Fernandesh (42, penalti), Marsyal (58), Grinvud (75).
Manchester Yunayted: De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelef, Shou, Matich, Fred (Maktomini, 79), Brunu Fernandesh, Jeyms, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Chong, 80).
Uotford: Foster, Ketkart, Douson, Mazina, Kabasele, Xyuz, Kapu, Pereyra (Sarr, 69), Dukure (Kleverli, 80), Dini (Uelbek, 76), Deulofeu.


159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *