Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa»ning yana bir asosiy futbolchisi jarohat oldi

«Barsa»ning yana bir asosiy futbolchisi jarohat oldi

Автор: admin


Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Serxio Roberto jarohat ortdirib olgani sabab Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Napoli» va La Liganing 26-turi doirasidagi «Real»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining tizzasi shikastlangan. Endi u 3-4 haftani maydon tashqarisida o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, ushbu mavsum 28 yoshli Robertoning hisobida 29ta o‘yin, 1ta gol va 2ta assist bor. Uning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 
Avvalroq Kataloniya klubining bir yo‘la uch futbolchisi – Luis Suares, Usmon Dembele va Jordi Alba turli muddatlarga safdan chiqqan edi.


55     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *