×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ramos «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Ramos «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Автор: admin


«Real» sardori Serxio Ramos Primera 26-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Futbolchi 25-turdan o‘rin olgan «Levante»ga (0:1) qarshi bahsdan keyin bosh hakam Alexandro Ernandesni qattiq tanqid qilgan edi.
«Hakamlar haqida gapirishni yomon ko‘raman, ammo ularning ba’zi xatti-harakatlari odamni o‘ylantiradi. Ispaniya Superkubogida to‘p behosdan qo‘limga tekkanida darvozamizga penalti belgilandi. Bugun esa ikkita shunday vaziyat e’tiborsiz qoldirildi.
Ernandes g‘azabimni qo‘zg‘ayapti. Avval hakamlarda hurmat bor edi va sardorlar ular bilan bemalol muloqot qilishardi. Hakamdan menga nisbatan adovat bormi deb so‘radim. Agar bo‘lsa o‘zimga aytsin, buni bartaraf qilardik», – degan edi Ramos.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Ramosning bu so‘zlariga La Liga intizom qo‘mitasi baho beradi.
«Real» - «Barselona» o‘yini 1 mart kuni o‘tkaziladi.


11     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *