Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Obameyangning dubli «Arsenal»ga «Everton» ustidan g‘alaba keltirdi (turnir jadvali)

APL. Obameyangning dubli «Arsenal»ga «Everton» ustidan g‘alaba keltirdi (turnir jadvali)

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasida «Arsenal» «Everton» jamoasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Kelvert-Lyuin ajoyib goli bilan mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa-da, 6 daqiqa ichida Nketia va Obameyang hisobni 2:1ga aylantirishdi. Ammo tanaffusga chiqish oldidan Risharlison gol urib, muvozanatni tikladi – 2:2.
Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan mezbonlar 46-daqiqada Obameyangning dubli evaziga hisobda oldinga chiqishdi va yakunda ushbu gol London klubiga g‘alaba keltirdi.
Shu kuni liverpulliklar safida qariyb 4 oylik tanaffusdan keyin og‘ir jarohatini davolatgan Andre Gomesh safga qaytdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Arteta qo‘l ostidagi «Arsenal» ochkolari sonini 37taga yetkazib 9-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, bir ochko kam jamg‘argan Anchelotti boshqaruvidagi «Everton» 11-o‘ringa tushdi.
APL. 27-tur. 23 fevral
Arsenal – Everton 3:2

Gollar: 0:1 – 1 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 27 Nketia, 2:1 – 33 Obameyang, 2:2 – 45 Risharlison, 3:2 – 46 Obameyang. 
Arsenal – Leno, Kolashinats (Saka, 18), David Luiz, Mustafi, Belerin, Sebalos (Torreyra, 76), O‘zil (Genduzi, 82), Jaka, Pepe, Nketia, Obameyang.
Everton – Pikford, Sidibe, Mina, Xolgeyt, Beyns, Sigurdsson, Shnayderlin (Andre Gomesh, 59), Ivobi (Bernard, 60), Delf (Kin, 82), Risharlison, Kelvert-Lyuin.



40     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *