×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pike ijtimoiy tarmoqlardagi mojaro haqida: «Bartomeuning ranjiganini ko‘rdim»

Pike ijtimoiy tarmoqlardagi mojaro haqida: «Bartomeuning ranjiganini ko‘rdim»

Автор: admin


«Barselona» himoyachisi Jerar Pike klub prezidenti Xose Mario Bartomeu va futbolchilar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lgan mojaroga o‘z munosabatini bildirdi.
«Ushbu vaziyat meni xavotirga qo‘ydi, deb ayta olmayman. Vaziyatga befarq qaradim. Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish mushkuldir. Agar klub prezidentining izohlari haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘ylashimcha, u hech nimani bilmagan, boisi men uning vaziyatdan ranjiganini ko‘rdim. Bu mavzuni boshqa muhokama qilishni xohlamayman. Barchasi ortda qoldi», – deb Pikening so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Avvalroq «Barselona» i3 Ventures kompaniyasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda klub rahbariyatining obro‘sini himoya qilish maqsadida shartnoma imzolangani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Bu jarayonda Bartomeuning xatti-harakatidan norozi bo‘lganlarning barchasi nishonga olingani, hattoki «Barsa» futbolchilarini ochiqchasiga tanqid qilish va kulgiga qoldirish holatlari ham kuzatildi.


14     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *