Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Venger: «Gnabrining «Arsenal» bilan kelishuvi bor edi, «Bavariya» esa uni o‘g‘irladi»

Venger: «Gnabrining «Arsenal» bilan kelishuvi bor edi, «Bavariya» esa uni o‘g‘irladi»

Автор: admin

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Serj Gnabrining London klubini qanday tark etganligi haqida gapirib berdi.
«Gnabrida tezlik, texnika, kuch yetarli darajada edi, biroq maydonda doim oddiy va osonroq yo‘lni tanlardi. Uning muammosi shunda edi. Shu bois Serjni «Vest Bromvich»ga ijaraga jo‘natgandim. Ammo bu ish bermagandi. 
To‘g‘risini aytganda, Gnabri bilan kelishuvimiz bor edi. «Bavariya» esa uni «Verder»dan o‘g‘irladi. Gap shundaki, u «Vest Bromvich»da ham yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagach, men unga yozda Germaniyaning 21 yoshgacha bo‘lgan jamoasi safida to‘p surishga ruxsat bergandim. Serj o‘zini yaxshi jihatlarini ko‘rsatdi. Biz unga yangi shartnoma tayyorlab qo‘ygandik. To‘satdan u «Verder»ga o‘tishni istab qoldi. Aslida esa uni «Verder» emas, «Bavariya» sotib olgan ekan. U transfer amalga oshganidan yarim yil o‘tib Myunxenga ketgan bo‘lsa-da, shartnomani avvalroq imzolab bo‘lgan. Gnabrining shartnomasi yakuniga yetayotganida biz uning «Arsenal»da qolishiga ishongandik», - deya Vengerning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.
Ma’lumot uchun, Gnabri YeCHL doirasidagi seshanba kungi «Chelsi» - «Bavariya» (0:3) bahsida dublga erishdi.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *