Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» de Xea bilan xayrlashishi mumkin

«Manchester Yunayted» de Xea bilan xayrlashishi mumkin

Автор: admin

«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda Goal nashri.
Manbaga binoan, ingliz klubi yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni taklif etish maqsadida byudjetini oshirish uchun ispaniyalik posbonni sotishi kutilmoqda. David de Xeaning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha belgilangan bo‘lib, u yillik 23 million yevro maosh oladi. Bu bilan ispan darvozaboni Angliya Premer-ligisining eng ko‘p haq oluvchi futbolchisi bo‘lib turibdi.
«MYU» hozirda ijara asosida «Sheffild Yunayted» tarkibida ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan o‘z tarbiyalanuvchisi Din Xendersonni kuzatib bormoqda. Klub 22 yoshli posbonni keyingi mavsumda «Manchester Yunayted» va Angliya milliy jamoasining asosiy darvozaboni bo‘la olishiga ishonmoqda. 
Xabarlarga ko‘ra, de Xeaga Ispaniya chempionatidan qiziqish bor. Qolaversa, «Yuventus» va «PSJ» ham golkiperni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Agar «Manchester Yunayted» yozda Pol Pogbani boshqa klubga transfer qilsa, de Xea jamoada qolishi mumkin.


141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *