Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Hafta o‘yinlari: Ispaniyada «El-Klasiko», Italiyada «Yuve» - «Inter» to‘qnashuvi

Hafta o‘yinlari: Ispaniyada «El-Klasiko», Italiyada «Yuve» - «Inter» to‘qnashuvi

Автор: admin

Ushbu haftaning dam olish kunlari Yevropada bir qator markaziy o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular orasida yakshanba kungi «Real» - «Barselona» hamda «Yuventus» - «Inter» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar butun dunyo nigohida bo‘ladi. Quyida haftaning eng muhim 4 uchrashuvini o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qilamiz.
Angliya Premer-ligasi. 28-tur
1 mart (yakshanba)
«EVERTON» - «MANCHESTER YUNAYTED»
O‘yin boshlanish vaqti: 19:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Angliyada turning markaziy o‘yini «Manchester Siti» hamda «Arsenal» o‘rtasida o‘tishi kerak edi. Ammo ustoz-shogirdlar - Gvardiola va Arteta o‘rtasidagi bahs noma’lum muddatga qoldirildi. Shunga qaramay, bu turda yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar joy olgan. Jumladan, «Everton» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs shiddatli o‘tishi kutilmoqda. Anchelotti jamoasi so‘nggi turda «Arsenal»dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan bo‘lsa-da, muxlislari qarshisida butkul boshqa jamoaga aylanadi. O‘z o‘rnida «MYU» ham mag‘lubiyatsiz seriyasini 8ta o‘yinga yetkazib, o‘sishda davom etmoqda. Ammo Sulsher jamoasi so‘ngi marta «Gudison Park»dan sharmandali mag‘lubiyat bilan qaytishgan - 4:0. Manchesterliklarga bu safar ham Liverpulda oson bo‘lmasligi aniq.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
MYU – Everton – 1:1
Everton – MYU – 4:0
MYU – Everton – 2:1
Everton – MYU – 0:2
MYU – Everton – 4:0
Angliya Premer-ligasi. 28-tur
1 mart (yakshanba)
«TOTTENHEM» - «VULVERHEMPTON»
O‘yin boshlanish vaqti: 19:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
Portugaliyalik murabbiylar Joze Mourino va Nunu Eshpiritu Santu boshqaruvidagi jamoalar o‘rtasidagi bu safargi bahs ham murosasiz va jangovar o‘tishi aniq. Sababi bu klublar turnir jadvalida deyarli yonma-yon: 40 va 39 ochkodan jamg‘arib 6 va 8-o‘rinlarni band etib turishibdi. Jamoalarning o‘zaro so‘nggi o‘yinlariga e’tibor qaratsak, ikki jamoa ham asosan mehmondagi o‘yinlarda yaxshi natija qayd etgan. Bundan xulosa qilish mumkinki bu safar Mourino jamoasiga yanada qiyin bo‘ladi. «Taqachilar»ning mag‘lubiyati «bo‘rilar»ning turnir jadvalida ulardan o‘zib ketishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Demak, bu bahsni ham e’tibordan qoldirmaslik lozim.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Vulverhempton – Tottenhem – 1:2
Tottenhem – Vulverhempton – 1:3
Vulverhempton – Tottenhem – 2:3
Tottenhem – Vulverhempton – 1:1
Vulverhempton – Tottenhem – 0:2
Ispaniya La Ligasi. 26-tur.
1 mart (yakshanba)
«REAL» - «BARSELONA»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: «Futbol TV» / «UzReport TV»
La Liga so‘nggi turida peshqadamlikni «Barselona»ga topshirib qo‘ygan «Real»da yana 1-o‘ringa qaytish imkoniyati bor. Buning uchun Madrid klubi Kataloniya jamoasiga qarshi o‘yinda 3 yillik noxush an’anani buzishi kerak. Zineddin Zidan shogirdlari ashaddiy raqibini 2017 yildan buyon «Santyago Bernabeu»da mag‘lub eta olmayapti. Bu safargi bahs oldidan ikki jamoada ham yo‘qotishlar yetarlicha. Beyl, Azar singari futbolchilar jarohat bois «Real»ga yordam bera olmasa, Suares, Dembele kabi hujumchilar «Barsa»ga yordam bera olishmaydi. Ammo Messining so‘nggi turdagi pokeri Madrid himoyasini sergaklikka tortishi aniq. Ikki tomonga ham oson bo‘lmaydigan uchrashuvdagi g‘alaba jamoalardan birining chempionlik uchun kurashda favoritga aylantirishi mumkin. YeCHL nimchorak finali doirasida «Real» Madridda Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgach, Zidan besh kun ichida futbolchilarini «El-Klasiko»ga har tomonlama tayyorlashi talab etiladi.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Barselona – Real – 0:0
Real – Barselona – 0:1
Barselona – Real – 5:1
Barselona – Real – 2:2
Real – Barselona – 0:3
Italiya A Seriyasi. 26-tur.
1 mart (yakshanba)
«YUVENTUS» - «INTER»
O‘yin boshlanish vaqti: 00:45
TV-translyatsiya: «UzReport TV»

Ushbu haftada Italiya A Seriyasida mavsumning eng muhim qarama-qarshiliklaridan biri o‘tkaziladi. Turinda «Yuventus» «Inter»ga qarshi maydonga tushadi. Skudetto uchun asosiy raqiblaridan biri bo‘lmish milanliklardan 6 ochko oldinda borayotgan turinliklar bu farqni yanada oshirish imkoniyatiga egalar. Ammo 9 ochkolik farq Antonio Konte jamoasining chempionlik umidini puchga chiqarishi mumkin. Koronavirus tufayli bo‘m-bo‘sh arenada tomoshabinlarsiz o‘tkaziladigan bahs ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. «Inter» so‘nggi marta Turindan ochko bilan qaytgan. A Seriyadagi skudetto uchun kurashdan kelib chiqsak, bu safargi to‘qnashuv «El-Klasiko» soyasida qolib ketmasligi aniq.
O‘zaro so‘nggi 5 o‘yin:
Inter – Yuventus – 1:2
Yuventus – Inter – 1:1
Inter – Yuventus – 1:1
Yuventus – Inter – 1:0
Inter – Yuventus – 2:3.
171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *