Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Son Xyon Min Koreyadan qaytgach, tibbiy kuzatuv ostiga olinadi

Son Xyon Min Koreyadan qaytgach, tibbiy kuzatuv ostiga olinadi

Автор: admin

Londonning «Tottenhem» klubi hujumchisi Son Xyon Min Janubiy Koreyadan qaytgach, koronavirus xavfi tufayli klub tomonidan alohida tibbiy kuzatuv ostiga olinadi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
«Son Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasidagi «Aston Villa»ga (3:2) qarshi o‘yinda qo‘lini sindirib olgach, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun o‘z yurtiga jo‘nab ketgandi. 
Son Xyon Min Londonga qaytgach, uning klub qarorgohiga kelishiga va futbolchilar bilan uchrashishiga ruxsat etilmaydi. 27 yoshli koreyalik futbolchi ikki hafta davomida karantinda saqlanadi» - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, Son APL joriy mavsumida 21 o‘yinda 9ta gol 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *