Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi

A Seriya. «Latsio» g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 26-turi doirasida «Latsio» jamoasi «Bolonya»ni mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda Luis Alberto va Korrea tomonidan kiritilgan gollar Rim jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 
Ushbu g‘alaba evaziga «Latsio» turnir jadvalidagi ochkolari sonini 62taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. O‘yini qoldirilgan «Yuventus» va «Inter» jamoalari hisobida 60 va 54 ochkodan mavjud.
Italiya A Seriyasi 
26-tur. 29 fevral (shanba)
Latsio – Bolonya - 2:0

Gollar: 1:0 – 18 Luis Alberto, 2:0 – 21 Korrea. 
Latsio – Strakosha, Luis Felipe, Radu, Gabarron, Latssari, Luis Alberto (Parolo, 61), Milinkovich-Savich, Korrea (Kataldi, 75), Leyva, Xoni Rodriges, Immobile.
Bolonya – Skorupski, Tomiyasu, Densvil, Larangeyra (Olsen, 71), Bani, Sxauten (Sansone, 58), Poli, Soriano, Orsolini (Santander, 59), Palasio, Barrou.
Ogohlantirishlar: Bani (4), Sxauten (11), Larangeyra (54), Santander (64), Radu (83).


139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *