Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Atalanta» yana safarda 7ta gol urdi, Sapatadan xet-trik

A Seriya. «Atalanta» yana safarda 7ta gol urdi, Sapatadan xet-trik

Автор: admin

Italiya A Seriyasining 26-turida «Atalanta» safarda «Lechche»ga qarshi bahs yuritib, raqib darvozasiga 7ta to‘p kiritdi. Mehmonlar safida hujumchi Duvan Sapata xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, bergamoliklar 3  tur avval mehmonda «Torino»ga ham 7ta gol urishgandi.

G‘alabadan so‘ng «Atalanta» ochkolarini 48taga yetkazib, 4-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Lechche» esa 25 ochko bilan 16-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya, 26-tur
Lechche – Atalanta 2:7
1 mart, «Via del Mare»

Gollar: Saponara (29), Donati (40) – Donati (17, avtogol), Sapata (22, 54, 62), Ilichich (47), Muriel (90), Malinovskiy (90+2).
Lechche: Gabriel, Donati, Rossettini, Luchoni, Kalderoni, Mayer (Taxsidis, 63), Barak, Deyola, Mankozu (Shaxov, 63), Saponara, Lapadula. 
Atalanta: Gollini, Hatebur, Palomino, Kaldara, Gosens, Froyler, de Ron, Gomes (Malinovskiy, 69), Pashalich, Ilichich (Muriel, 73), Sapata (Tamez, 85).
Ogohlantirishlar: Hatebur (45), Palomino (57), Luchoni (66), Saponara (70).


140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *