Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «MYU» «Everton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

APL. «MYU» «Everton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 28-turi doirasida «Everton» o‘z maydonida «Manchester Yunayted» klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq David De Xeaning qo‘pol xatosidan keyin Kelvert-Lyuin hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqada Fernandesh jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
90+2-daqiqada mezbonlar gol urishdi, ammo VAR tizimi o‘yindan tashqari holatni qayd etib, golni bekor qildi. Natijada o‘yin durang hisob bilan tugadi.
Durangdan keyin «MYU» ochkolari sonini 42taga yetkazib 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Everton» 37 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

APL. 28-tur. 1 mart (yakshanba)
Everton – Manchester Yunayted 1:1

Gollar: 1:0 – 3 Kelvert-Lyuin, 1:1 – 31 Brunu Fernandesh. 
Everton – Pikford, Beyns, Xolgeyt, Kin, Koulmen (Sidibe, 28), Devis, Sigurdsson, Uolkott (Bernard, 63), Andre Gomesh (Kin, 82), Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelef, Shou, Maguayr, Brunu Fernandesh, Maktomini (Mata, 72), Fred, Matich, Marsyal, Grinvud (Igalo, 72).
Ogohlantirishlar: Kelvert-Lyuin (41), Shou (41), Devis (43), Maguayr (45), Lindelef (56), Fred (70), Sidibe (80).
APL. Turnir jadvali:



242   
Добавить комментарий
Ваше имя: *