Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. "Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi

La Liga. "Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi

Автор: admin

Real Madrid
Vinicius Junior - 71', Mariano Diaz - 90'
LaLiga . 26-tur
02/03/2020, 01:00
0
:2


Tugadi
Barcelona
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78357 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Mateu
45' 90'

Match-senterda ochish

Real Madrid – Barselona 2:0 
2 mart, 01.00, «Santyago Bernabeu»
Gollar:
1:0 – 71 Vinisius Junior, 2:0 – 90 Mariano Dias.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Valverde (Vaskes, 86), Kazemiro, Isko (Modrich, 79), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 90).
Barselona – ter Stegen, Semedu, Umtiti, Pike, Alba, Artur (Rakitich, 80), de Yong, Buskets, Vidal (Breytueyt, 69), Messi, Grizmann (Fati, 81).
Ogohlantirishlar:
Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19), Messi (85).
La Liga musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
- Uchrashuv yakunlandi. "Real" musobaqa jadvali etakchisiga aylanib oldi. 
90+2. Gol! Hozirgina maydonga tushgan Mariano hisobni 2:0ga etkazdi, qo'ydi!
90+1. Benzema o'rniga Mariano Dias maydonga tushirildi.
90. Rakitich jarima zarbasi ishladi. Ter SHtegen ham "Real" jarima maydonchasi ichiga etib keldi. Ammo...
86. Valverde o'z o'rnini Vaskesga bo'shatib berdi.
85. Messi Kazemiro dueli bu gal ham fol bilan yakunlandi. Faqat bu safar Messi qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.
84. Vinisius bugun hamma narsa qilyapti, xohlasa, aldayapti, xohlasa, tepyapti. Xohlaganini qila olyapti.
81. Grizmann o'rniga Ansu Fati, Artur o'rniga Rakitich maydonga tushirildi. Setenda boshqa o'zgartirish qilish imkoni qolmadi.
79. Isko o'rniga Modrich maydonga tushdi.
76. Pike hujumda, Ramos hujumda, Varan hujumda... Xullas, sizga aytsam, hamma hujumda!
75. "Real", "Barsa", Vinisius, Messi ketma-ket hujumlar uyuushtirishda davom etishadi. O'yin topora qizg'in vaziyatlarga boy bo'lib bormoqda.

71. Gooooooooool!!! O'yinda hisob ochildi. Turli harakatlari bilan o'yinda faollik ko'rsatayotgan Vinisius Junior o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 1:0.
69. Vidal o'z o'rnini Breytueytga bo'shatib berdi. 
66. "Barselona" "Real" jarima maydonidagi sarosimadan foydalanib ketishi mumkin edi. Dani Karvaxal to'pni uzoqlashtirdi.
64. Vinisiusning qanotdan navbatdagi reydi yana xavfli ko'rinish oldi, biroq bu gal ham hujumga yakunlovchi zarba etishmadi.
61. Voqealar rivoji tobora qiziqarli tus olmoqda. Karvaxal yuqorilatib uzatgan to'pni Isko boshi bilan darvozaga yo'lladi. Mazkur zarbani Pike va SHtegen birgalashib bartaraf etishdi.
59. Messi Marseloga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. To'p "Real"da qoladi.
57. Quvonarli jihati shundaki, "Real" ham o'yinga qaytdi va uchrashuv tempi keskin tarzda ko'tarilib ketdi.
56. Fantastik zarba! Isko! Vaziyat gol bilan yakunlanishi mumkin edi, Ter SHtegen bo'lmagan taqdirda. germaniyalik darvozabon ham fantastik seyv namoyish qildi.
54. Vinisius keskin ko'rinish olishi mumkin bo'lgan hujumlarni yo texnik xato, yoki noaniq paslari bilan buzib qo'ymoqda.
49. Ikkinchi bo'li avvalida kataloniyaliklar faollik ko'rsatmoqda. Mazkur daqiqaga kelib Kazemiro Messiga nisbatan qo'pol o'ynadi. "Barselona" jarima to'pi tepadi.
46. Mazkur bahsni tomosha qilish uchun "Santyago Bernabeu"ga 78 258 tomoshabin tashrif buyurgan.
O'yinnning ikkinchi bo'limi start oldi.


Bahsning birinchi bo'limiga hech qancha vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus!
45. Ikkala jamoa tayanch yarim himoyachilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Mazkur epizoddan keyin Kazemiro o'zida noqulaylik his qilmoqda.
39. Ramos qanotda muvozanatni yo'qotgach, bo'sh qolib ketgan Semedu katta tezlikda "Real" jarima maydonchasi tomon kirib borib, to'pni jamoadoshlariga uzatdi. Biroq to'pni egallab olgan mezbonlar qarshi hujumga chiqib ketishdi. Vinisiusning uzatmasiga aniqlik etishmadi va hujum bartaraf etildi.
38. Xavfli zarba! Messi Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, o'zaro duelda yana "Qaymoqranglilar" posboni g'olib.  Tibo bugun ajoyib o'yin namoyish qilmoqda.
34. Kutilmaganda Artur Melo Kurtua bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi, unga Toni Kroos qarshilik ko'rsatishga kech qoldi. Ammo braziliyalik yarim himoyachi "Real" posbonini dog'da qoldira bilmadi.
30. Vidal-Grizmann kombinaciyasini Messi zarba bilan yakunladi. To'p to'g'ri Kurtua turgan joyga bordi va belgiiyalik posbonga qiyinchilik tug'dirmadi.
29. Toni Kroos ikkinchi bor uzoqdan omadini sinab ko'rishga urindi, ammo zarbalarning har ikkisi noaniq chiqdi.
27. Uchrashuv avvalida maydon markazida o'ynashi kutilgan Federiko Valverde o'ng qanotda paydo bo'lib, Xordi Albani nihoyatda qiynab qo'yyapti. SHunday hujumlardan birida u jamoadoshi Benzemani to'p bian taminlamoqchi bo'ldi. Franciyalik futbolchi bu safar to'pga etib kelolmadi.
25. Kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Darvozabonlarni qiynaydigan zarbalar hali yo'llanmadi.
19. O'zaro konfliktga borgan Karvaxal va Alba uchrashuvni boshqarib borayotgan Matteo Laos tomonidan ogohlantirildi.
18. Frenki de Yong bitta uzatma bilan Grizmann va Kurtua duelini yuzaga keltirishi mumkin edi, ammo Varan o'z hamyurtini zararsizlantirdi.
14. Mezbonlar o'yinda tashabbusni qo'lga olgandek ko'rinishmoqda. Uchrashuvda asosan Marselo va Vinisius harakatlanadigan "Real"ning chap qanoti faollik ko'rsatmoqda.
11. Dastabki sariq kartochka Vinisius Juniorga ko'rsatildi. U katta tezlikda oldinga borayotgan Nelson Semeduni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani tufayli jazolandi.
7. Madridliklar 3-bor burchak zarbasini o'yinga kiritgach, Karim Benzema o'yindagi o'zining dastlabki zarbasini yo'lladi. BU zarba ham uning aksar zarbalari kabi noaniqlik kasb qildi.
4. "Barsa" o'z uslubiga sodiq qolgani holda qisqa uzatmalar orqali Kurtua darvozasiga xav solishga urinmoqda.
2. Mezbonlar dastlabki daqiqalarni faollik bilan boshladi. "Qaymoqranglilar" 1 daqiqa ichida 2 bor burchak zarbasi yo'llash huquqini qo'lga kiritishdi. 
1. Nihoyat, o'yinga start berildi. "Real" boshlab berdi "Al Mumtoz"ni.

- Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda. Ikkala klub ham bugun o'zlarining ananaviy ranglardagi liboslarida harakatlanishadi.

Ronaldu yana Madridda!
Uchrashuv boshlanishiga qadar 10 daqiqa qoldi. 







O'yinoldi mashg'ulot jarayonlari va stadionga tashrif buyurgan muxlislar:
306   
Добавить комментарий
Ваше имя: *