Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard Kepaning kelajagi haqida gapirdi

Lempard Kepaning kelajagi haqida gapirdi

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa darvozaboni Kepa Arrisabalaganing kelajagi haqida gapirdi. 
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik posbon so‘nggi bor 21 yanvar kuni «Arsenal»ga qarshi bahsda (2:2) maydonga tushgan, shundan beri zaxirada qolib ketyapti.
«Kepa – haqiqiy professional. O‘tgan vaqt davomida u ko‘p mashq qildi va jamoani qo‘llab-quvvatladi. Uning «Chelsi»da kelajagi bor. 
Har bir futbolchi ishlashda davom etadi va o‘z kelajagi uchun kurashadi. Peshqadamlar bilan oradagi farqni qisqartirshga haraqat qilamiz. Hozir jamoadagi hech bir futbolchiga dam beradigan vaqt emas», – deb Lempardning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» APLning 28-turidan so‘ng 45 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.


89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *