Goal24.uz » O'zbekiston » Iqboljon Xoldorov belaruslik bokschini nokautga uchratdi. Bu uning prof boksdagi 2-g‘alabasini ko'lga kiritdi..

Iqboljon Xoldorov belaruslik bokschini nokautga uchratdi. Bu uning prof boksdagi 2-g‘alabasini ko'lga kiritdi..

Автор: admin

Professional boksda harakat qilayotgan Iqboljon Xoldorov (2-0, 2 KO) 17-dekabr, juma kuni Toshkentdagi boks kechasida ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Xoldorovga belaruslik Dmitriy Milyusha (9-6-1, 4 KO) raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Iqboljon bir qator kuchli zarbalar yo‘lladi va uch bor nokdaun holatiga tushirdi. Shundan so‘ng hakam jang yakunlanganini e’lon qildi va Xoldorov nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Iqboljon Xoldorov prof boksdagi ikkinchi jangida ham g‘alabani tantana qildi. U debyut jangini 2021-yilning aprel oyida tanzaniyalik Kulva Bushirini 2-raundda nokautga uchratgandi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomi doirasida quyidagi janglar bo‘lib o‘tadi:
  • Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) — Mishel Soro (35-2-1, 24 KO);
  • Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) — Kristian Koria (29-8-2, 13 KO);
  • Hasanboy Do‘stmatov (3-0, 3 KO) — Xose Rivas (18-12-4, 10 KO);
  • Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6 KO) — Sergey Yekimov (18-3, 9 KO).
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari