Goal24.uz » O'zbekiston » Elnur Abduraimov ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi. U filippinlik bokschini yer tishlatdi.

Elnur Abduraimov ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi. U filippinlik bokschini yer tishlatdi.

Автор: admin

Professional boksning yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Elnur Abduraimov (8-0, 7 KO) 17-dekabr, juma kuni Toshkentdagi boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Abduraimovga filippinlik Jon Gemino (22-13-1, 12 KO) raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning 6-raundiga kelib, Elnur kuchli zarbasi bilan Geminoni muvozanatdan chiqardi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Bu Elnur Abduraimov uchun professional boksdagi ketma-ket 8-g‘alaba bo‘ldi. U bungacha ketma-ket 7 ta jangda g‘alaba qozongandi.
Abduraimov oxirgi jangini 2021-yilning 26-fevralida Sherzodjon Abdurazzoqovni ochkolar hisobiga mag‘lub etgan. Undan oldin esa 2020-yilda meksikalik Abraham Olivani 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Avvalroq Iqboljon Xoldorov belaruslik Dmitriy Milyushani nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomi doirasida quyidagi janglar bo‘lib o‘tadi:
  • Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) — Mishel Soro (35-2-1, 24 KO);
  • Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) — Kristian Koria (29-8-2, 13 KO);
  • Hasanboy Do‘stmatov (3-0, 3 KO) — Xose Rivas (18-12-4, 10 KO);
  • Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6 KO) — Sergey Yekimov (18-3, 9 KO).
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari