Goal24.uz » O'zbekiston » Bektemir Meliqo‘ziyev to‘liq davom etgan jangda 36 yoshli rossiyalik bokschini mag‘lub etdi.

Bektemir Meliqo‘ziyev to‘liq davom etgan jangda 36 yoshli rossiyalik bokschini mag‘lub etdi.

Автор: admin

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (8-1, 6 KO) 17-dekabr, juma kuni Toshkentdagi boks kechasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Meliqo‘ziyevga rossiyalik Sergey Yekimov (18-4, 9 KO) raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va Meliqo‘ziyevning katta ustunligida o‘tdi. Yakunda Bektemir hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabani tantana qildi.

Bu Meliqo‘ziyev uchun professional faoliyatidagi 8-g‘alaba bo‘ldi. U oxirgi jangida amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarilib, ayanchli nokautga uchragandi.

Avvalroq mazkur boks oqshomida Dilshod Ro‘zmetov, Iqboljon Xoldorov va Elnur Abduraimov g‘alaba qozongandi.
Shuningdek, 17-dekabr kuni quyidagi janglar bo‘lib o‘tadi:
  • Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) — Mishel Soro (35-2-1, 24 KO);
  • Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) — Kristian Koria (29-8-2, 13 KO);
  • Hasanboy Do‘stmatov (3-0, 3 KO) — Xose Rivas (18-12-4, 10 KO);
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari