Goal24.uz » O'zbekiston » Hasanboy Do‘stmatov meksikalik bokschini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Hasanboy Do‘stmatov meksikalik bokschini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi.

Автор: admin

Toshkentda 17-dekabr, juma kuni professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu boks kechasida Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘stmatov (4-0, 3 KO) Xose Rivasga (18-13-4, 10 KO) ringa ko‘tarildi. Hasanboy jang davomida raqibi tomon bir qator kuchli zarbalar yo‘lladi. 4-raundga kelib esa Xose Rivas yuzidan jarohat oldi va jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

Shu tariqa Hasanboy professional boksdagi ketma-ket 4-jangida ham g‘alabani qo‘lga kiritdi. Do‘stmatov bundan oldingi jangini tanzaniyalik Muhsin Kizota (11-3, 5 KO) qarshi o‘tkazib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Avvalroq mazkur boks oqshomida Dilshod Ro‘zmetov, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Bektemir Meliqo‘ziyev g‘alaba qozongandi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Shahram G‘iyosov va Isriol Madrimov ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
  • Isroil Madrimov (7-0, 5 KO) — Mishel Soro (35-2-1, 24 KO);
  • Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) — Kristian Koria (29-8-2, 13 KO).
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari