Goal24.uz » O'zbekiston » Isroil Madrimov texnik nokaut evaziga Mishel Soroni yengib, WBA Super kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Isroil Madrimov texnik nokaut evaziga Mishel Soroni yengib, WBA Super kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Автор: admin

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (8-0, 5 KO) 17-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks kechasining asosiy jangida Mishel Soroga (35-3-1, 24 KO) qarshi jang o‘tkazdi.

Tajribali raqibga qarshi 12 raund davom etgan jangning dastlabki yarmida kuchlar teng keldi. Har ikki bokschi ham navbati bilan kuchli zarbalarni yo‘lladi.

7 va 8-raundlarda Isroil nisbatan ustunlik qilgan bo‘lsa, 9-raundga kelib, Soro yana faollashdi. Biroq 9-raund so‘ngida tushunarsiz vaziyat yuzaga keldi: Isroil bir qator kuchli zarbalar berdi va Soroni qiyin vaziyatga tushirib qo‘ydi. Ushbu vaziyatda hakam bongni eshitmay qoldi va belgilangan vaqt o‘tsa ham jangni to‘xtatmadi hamda Isroilning nokautli g‘alabasini qayd etdi. Shundan so‘ng jang tashkilotchilari uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng g‘alabani Isroilga berishga qaror qildi.

Shu tariqa Isroil Madrimov ushbu g‘alabadan keyin WBA Super kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. WBA Super kamari ayni damda Jermell Charloga (34-1-1, 18 KO) tegishli hisoblanadi.

Isroil uchun bu prof boksdagi ketma-ket 8-g‘alaba bo‘ldi. Madrimov oxirgi jangini shu yilning 3-aprel sanasida Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida kongolik yengilmas sportchi Emmani Kalomboga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Mazkur jangdan keyin Toshkentda o‘tgan boks kechasi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada ringga ko‘tarilgan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi g‘alabaga erishdi.

Dilshod Ro‘zmetov rossiyalik bokschini mag‘lub etib, professional boksdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, Iqboljon Xoldorov belaruslik bokschini nokautga uchratdi, Elnur Abduraimov ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bektemir Meliqo‘ziyev to‘liq davom etgan jangda 36 yoshli rossiyalik bokschini mag‘lub etdi, Hasanboy Do‘stmatov meksikalik bokschini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi. Shahram G‘iyosov esa argentinalik bokschi ustidan qiyin g‘alabaga erishdi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari