Goal24.uz » O'zbekiston » Shahram G‘iyosov to‘liq davom etgan jangda argentinalik bokschi ustidan qiyin g‘alabaga erishdi.

Shahram G‘iyosov to‘liq davom etgan jangda argentinalik bokschi ustidan qiyin g‘alabaga erishdi.

Автор: admin

Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov 12-0, 9 KO) 17-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks kechasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

G‘iyosovga argentinalik Kristian Koriaga (29-9-2, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda Shahram G‘iyosov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘olib deb topildi. 

Qayd etish kerak, bu Shahram G‘iyosov uchun professional faoliyatidagi 12-g‘alaba bo‘ldi. U bundan oldingi jangini 2021-yilning 3-aprel kuni meksikalik bokschi Patrisio Lopes Morenoni nokautga uchratib, WBA International kamarini himoya qilgandi.

Avvalroq mazkur boks oqshomida Dilshod Ro‘zmetov, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Hasanboy Do‘stmatov g‘alaba qozongandi.

Ushbu oqshomning asosiy jangida super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov fransiyalik bokschi Mishel Soroga qarshi ringga ko‘tariladi.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari