Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» «Inter» futbolchisini sotib olmoqchi

«Manchester Siti» «Inter» futbolchisini sotib olmoqchi

Автор: admin

Italiyaning «Inter» klubi himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Calciomercato.
Manbada qayd etilishicha, 25 yoshli futbolchiga «Manchester Siti» klubi qiziqish bildirgan. «Shaharliklar» Shkrinyarni keyingi bir necha yil davomida jamoaning asosiy himoyachisi sifatida ko‘rishmoqda.

Milanliklar futbolchini boshqa jamoaga qo‘yib yuborish niyati yo‘qligi va 85 mln yevrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qilishgan.
Avvalroq Shkrinyarga «Barselona» qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, slovakiyalik futbolchi joriy mavsumda 23ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga hammualliflik qilgan.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *