Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Nani Venetsiyaga o'tishga yaqin

Nani Venetsiyaga o'tishga yaqin

Автор: admin

Portugaliyalik futbolchi tez orada A Seriyaga qaytadi.

"Manchester Yunayted", "Fenerbaxche" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luis Nani "Venetsiya" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Janluka Di Marsioning so'zlariga ko'ra, tajribali vinger Italiyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kelgan, shundan so'ng u A Seriya vakili bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Nani Italiyada o‘ynash tajribasiga ega – futbolchi “Latsio” safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, uch bor gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Portugaliyalik futbolchi 2021 yilning noyabrida Orlando Sitidan ketganidan keyin hozirda klubsiz.

Avvalroq Nani xizmatlarini “Jenoa” va “Bolonya” taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
11   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
A Seriya Skudeto Italiya chempionati Milan Inter milan Roma Latsiyo Yuventus Napoli A Seriyadagi eng muhim yangiliklar Milan klubidag eng so'ngi yangliklar futbolchilar Eldor Shomurodov Martinez Dibala Italiya super kubigi Italiya kubigi