Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Atletiko» «Sevilya» bahsida jangovar durang

La Liga. «Atletiko» «Sevilya» bahsida jangovar durang

Автор: admin

La Liga 27-turi doirasidagi markaziy uchrashuvda «Atletiko» Madridda «Sevilya»ni qabul qildi.
La Liga. «Atletiko» «Sevilya» bahsida jangovar durangQiziqarli kechgan uchrashuvning dastlabki bo‘limidayoq jamoalar to‘rtta gol urishdi. 19-daqiqada de Yong hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada VAR tizimi orqali belgilangan penaltini Morata aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Oradan 4 daqiqa o‘tib, Joau Felish Madrid klubini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 43-daqiqada bu safar mehmonlar VAR tizimi orqali aniqlangan 11 metrlik jarima to‘pini golga aylantirishdi – 2:2
Ikkinchi bo‘limda ikki tomonda ham g‘alabani ilib ketish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, hisob boshqa o‘zgarmadi.
Bu natijadan keyin «Sevilya» ochkolari sonini 47taga yetkazib 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Atletiko» 45 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda turibdi.
La Liga. 27-tur. 7 mart (shanba)
Atletiko – Sevilya 2:2

Gollar: 0:1 – 19 de Yong, 1:1 – 32, penalti Morata, 2:1 – 36 Joau Felish, 2:2 – 43, penalti Okampos. 
Atletiko – Oblak, Ermoso (Ferreyra Karrasko, 54), Felipe, Savich, Tripper, Saul, Lorente, Joau Felish, Koke, Korrea, Morata (Diyego Kosta, 68).
Sevilya – Vatslik, Diyego Karlos, Kunde, Regilon, Navas, Banega, Gudel, Suso (En-Nesiri, 63), Jordan (Serdji Gomes, 74), Okampos, de Yong.
Ogohlantirishlar: Diyego Karlos (31), Navas (43), Banega (45), Gudel (56), Joau Feliks (73), Tripper (77).


121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *