Goal24.uz » Chempionlar ligasi » «Tottenhem», «Liverpul», «PSJ» uchun jiddiy sinov. YECHL nimchorak final taxminiy tarkiblari

«Tottenhem», «Liverpul», «PSJ» uchun jiddiy sinov. YECHL nimchorak final taxminiy tarkiblari

Автор: admin

Seshanba va chorshanba kunlari Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlariga start beriladi. Muhim bahslar oldidan UYEFA rasmiy sayti taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.

 Yevromavsumning kashfiyot jamoalaridan biriga aylangan «Atalanta» chorak finalga chiqish uchun eng yaxshi imkoniyat hosil qilgan jamoa bo‘lib turibdi. Italiyadagi bahsda «Valensiya» ustidan yirik 4:1 hisobida zafar quchgan Gasperini shogirdlari Ispaniyaga nisbatan xotirjam borishlari mumkin. So‘nggi 7 o‘yinda faqatgina bitta g‘alabaga erishgan «Valensiya»ning «Mestalya»da kambek qayd etishiga ishonish qiyin.

 YECHL. 1/8 final. Javob uchrashuvlari
10 mart (seshanba)
«Valensiya» - «Atalanta»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV
Birinchi uchrashuv: 1:4

 Taxminiy tarkiblar:
«Valensiya»: Sillessen; Gayya, Dyaxabi, Koklen, Vass; Gedesh, Parexo, Kondogbia, Ferran; Rodrigo, Gameyro
O‘ynamaydi: Garay (jarohat), Maksi Gomes (jarohat), Pichchini (jarohat), Gabriel (diskvalifikatsiya), Manu Valexo (jarohat), Mangala (jarohat), Kosta (jarohat)
«Atalanta»: Gollini; Palomino, Kaldara, Jamshiti; Xatebur, de Roon, Froyler, Gosens, Gomes, Ilichich; Sapata
O‘ynamaydi: Toloi (jarohat)

Londondagi mag‘lubiyatdan keyin Joze Mourino jamoasini safarda og‘ir bahs kutib turibdi. Germaniyadagi o‘yinda ham bir qator yetakchilar «Tottenhem»ga yordam bera olishmaydi. «Leypsig» tarkibida esa muammolar ko‘p emas.

 10 mart (seshanba)
«Leypsig» - «Tottenhem»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV
Birinchi uchrashuv: 1:0

 Taxminiy tarkiblar:
«Leypsig»: Gulach; Klostermann, Upamekano, Xalstenberg; Adams, Laymer, Zabitser, Anxelino; Verner, Shik, Nkunku
O‘ynamaydi: Orban (jarohat)
«Tottenhem»: Loris; Ore, Alderveyreld, Sanches, Dayer, Vertongen; Uinks, Lo Chelso; Lamela, Lukas Moura, Alli
O‘ynamaydi: Keyn  (jarohat), Son (jarohat), Sissoko (jarohat), Bergveyn  (jarohat), Foyt (jarohat), Devis (jarohat).

 Yurgen Klopp jamoasi Madriddagi minimal mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarish uchun kurashadi. «Liverpul» so‘nggi 5 o‘yinidan 3tasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, «Enfild»da g‘alabali seriyasini qayd etish davom etmoqda. Diyego Simeone boshchiligidagi «Atletiko» esa so‘nggi besh o‘yindan buyon mehmondagi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.

 11 mart (chorshanba)
«Liverpul» - «Atletiko»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: Futbol TV
Birinchi uchrashuv: 0:1

 Taxminiy tarkiblar:
«Liverpul»: Adrian; Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson; Xenderson, Fabino, Veynaldum; Saloh, Firmino, Mane
O‘ynamaydi: Alisson (jarohat), Shakiri (jarohat), Klayn (jarohat)
So‘roq ostida: Xenderson (jarohat), Robertson (jarohat)
«Atletiko»: Oblak; Tripper, Savich, Felipe, Renan Lodi; Korrea, Saul, Tomas, Koke; Joau Feliks, Diyego Kosta
So‘roq ostida: Lemar (jarohat), Morata (jarohat)

 Koronavirus tufayli so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazib yuborgan «PSJ» bu safar uyidagi o‘yinda muxlislari yordamiga suyana olmaydi. Chempionlar ligasining Parijdagi javob uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi. Germaniyadagi mag‘lubiyatdan keyin nemis mutaxassisi Tomas Tuxel jamoasiga oson bo‘lmaydi. Ustiga ustak chorshanba oqshomidagi o‘yinda Mbappening maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

 11 mart (chorshanba)
«PSJ» - «Borussiya»
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translyatsiya: UzReport TV
Birinchi uchrashuv: 1:2

 Taxminiy tarkiblar:
«PSJ»: Navas; Kerer, Tyago Silva, Kimpembe, Kyurzava; Di Mariya, Markinos, Guey, Neymar; Kavani, Mbappe
O‘ynamaydi: Verratti (diskvalifikatsiya), Mene (diskvalifikatsiya), Errera (jarohat)
So‘roq ostida: Mbappe (jarohat)
«Borussiya»: Byurki; Zagadu, Xummels, Pishek; Hakimi, Jan, Vitsel, Gerreyru; Sancho, Xolann, Brandt
O‘ynamaydi: Dileyni (jarohat), Roys (jarohat).
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *