Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston UEFAga o‘tadimi? Ravshan Ermatov javob berdi

O‘zbekiston UEFAga o‘tadimi? Ravshan Ermatov javob berdi

Автор: admin


9-13 mart kunlari UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. UEFA assist tashabbusi doirasida Yeva Paske boshchiligidagi delegatsiya O‘FA va PFL faoliyati bilan tanishdi. 13 mart kuni «Hilton» mehmonxonasida tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va UEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Ravshan Ermatov O‘FA UEFA bilan piar uchun munosabatlar o‘rnatmaganini ta’kidladi:
«Bizga hamkor emas, do‘st kerak. Hamkor bilan do‘stning farqi bor. Do‘st kamchiliklarimizni yuzimizga aytadi, ularni to‘g‘rilashda yordamlashadi. UEFA aynan shunday tashkilot. Ular allaqachon biz o‘tishimiz kerak bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishgan, bizdan 20-30 yil oldinda. Umid qilamanki, UEFA vakillarining maslahat va yordamlari natijasini beradi».
Yeva Paske UEFA O‘zbekiston milliy jamoasiga Yevropa jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga yordamlashishini aytdi.

«O‘zbekistonga 14 yil avval kelganman. Ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman.
O‘zbekiston milliy jamoasining Yevropa jamoalari bilan o‘rtoqlik bahs tashkil etishlarida yordam bera olamiz. Masalan, Millatlar Ligasida ayrim guruhlarda 3tadan jamoa bor. Tabiiyki, har turda 1ta jamoa bo‘sh bo‘ladi. Shuningdek, boshqa xalqaro musobaqalarda ham O‘zbekiston qatnashishi mumkin.
Lekin biz asosiy urg‘uni ayollar va bolalar futboliga qaratganmiz».
Shuningdek, UEFA vakilasi o‘zbek futbolidagi kamchiliklardan biriga to‘xtalib o‘tdi:
«Asosiy kamchilik – bolalar futbolidagi murabbiylar maoshining ozligi. Shuning uchun sifatli yoshlar murabbiylari kam. Borlari ham tezroq kattalar futboliga o‘tib, ko‘proq pul topishni istaydi. Yoshlar murabbiylarining malakasini oshirish, maoshiga e’tibor berish kerak».
Ravshan Ermatov O‘zbekiston Qozog‘iston kabi UEFAga o‘tmasligini, kelgusida bunday reja yo‘q ekanligini yashirmadi:
«UEFA yordam beradi, ammo biz rasman OFK a’zosimiz. UEFAga a’zo bo‘lish rejamizda yo‘q»

Ermatovning aytishicha, teletranslyatsiyalar masalasini yaxshilash va muxlislar tashrifini oshirish asosiy masalalardan biridir:
«Muxlis bo‘lmasa, futbol o‘ynashning nima keragi bor? Unda mahallaga mahalla o‘ynab qo‘ysa ham bo‘ladi-ku. Bu – yuragimni tirnaydigan mavzulardan biri. Stadionlarga boramiz, atigi 2-3 ming muxlis bor. Shuncha ishni kim uchun qilyapmiz?
Translyatsiyalar yildan yilga yaxshi bo‘lib bormoqda. 2021 yildan har bir stadionda kamida 6ta HD kamera ishlaydi.

Sifatli kamera yetishmasa, VAR tizimining foydasi yo‘q. Masalan, Superliganing 1-turida «Surxon» – «Bunyodkor» bahsida 1ta kamera ishlagan, takrorlar sifati yaxshi emas. Bunday holatda VAR ham yordam bera olmaydi».
89     

Комментарии
(1)

  1. Ranaldo 3 апреля 2020 15:51
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Fikringiz ijobiy
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *