Dohada muhim voqea yuz berdi.
Dohada 2022 yilgi jahon chempionati guruh bosqichiga qura tashlash marosimi yakunlandi. Eslatib o'tamiz, ushbu turnir Qatarda bo'lib o'tadi.
Jahon chempionati guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ular har biri to'rttadan sakkizta guruhga bo'linadi.
Mundil joriy yilning 21 noyabrida boshlanib, 18 dekabrda tugaydi.
“A” guruhi: Qatar, Ekvador, Senegal, Gollandiya.
B guruhi: Angliya, Eron, AQSH, Ukraina/Shotlandiya/Uels.
C guruhi: Argentina, Saudiya Arabistoni, Meksika, Polsha.
D guruhi: Fransiya, BAA/Avstraliya/Peru, Daniya, Tunis.
E guruhi: Ispaniya, Kosta-Rika/Yangi Zelandiya/, Germaniya, Yaponiya.
F guruhi: Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya.
G guruhi: Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun.
H guruhi: Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
Комментарии(2)