Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. Uchta gol, penalti, chetlatish. «Qo‘qon-1912» «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Superliga. Uchta gol, penalti, chetlatish. «Qo‘qon-1912» «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Superliga 3-turi doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «So‘g‘diyona» uchrashuvi mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda hisobni 17-daqiqada Sardor Azimov ochgan bo‘lsa, qo‘qonliklar safiga qaytgan Filip Rayevats bo‘lim yakunida farqni ikkitaga oshirdi – 2:0.
58-daqiqada mehmonlar Norxonovning penaltidan kiritgan goli evaziga farqni qisqartirishdi – 2:1.
72-daqiqada esa jizzaxliklar himoyachisi Shavkat Mullajonov raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgani uchun bosh hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
87-daqiqasida mezbonlar avtogol evaziga to‘p o‘tkazib yuborishdi, ammo ungacha bosh hakam o‘yin qoidasi buzilganligini qayd etib, golni bekor qildi.
Natijada «Qo‘qon-1912» mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini, «So‘g‘diyona» esa ikkinchi mag‘lubiyatni qarshi oldi.
Superliga. 3-tur. 14 mart (shanba)
«Qo‘qon-1912» – «So‘g‘diyona» 2:1

Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumayev, Shavkat Nasibullayev
Gollar: Sardor Azimov 17, Filip Rayevats 45+2 - Shohruz Norxonov 58 penalti.
«Qo‘qon-1912»: Botirali Ergashev, Boburjon Akbarov, Oybek Rustamov, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Shohnazar Norbekov (Iqbol Malikjonov, 68), Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Sardor Azimov, Filip Rayevats (Yakuba Bamba, 75).
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Sanjar Rashidov (Sardor Qulmatov, 46), Jamshid Boltaboyev (Javohir Qahramonov, 46), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Sahob Rashidov, 67), San’at Shixov, Ivan Nagayev, Shavkat Mullajonov, Marko Kolakovich.
Chetlatish: Shavkat Mullajonov, 72 (S).


151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *