Goal24.uz » O'zbekiston » OChL. “Nasaf” 9 o‘yinchi bo‘lib harakat qilgan “As-Sadd”ni yenga olmadi

OChL. “Nasaf” 9 o‘yinchi bo‘lib harakat qilgan “As-Sadd”ni yenga olmadi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida “Nasaf” 8-aprel, juma kuni “As-Sadd” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Abdulkarim Hassan darvozabon bilan birga bir chiqib ketayotgan “Nasaf” futbolchisini to‘xtatib qoldi va to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 31-daqiqada qarshiliklarning burchak zarbasidan keyin Pedro Korrea o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Bualim Xuxi muvozanatni tikladi. 63-daqiqada Pedro Korrea ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi va “As-Sadd” 9 o‘yinchi bo‘lib qoldi. Qolgan daqiqalarda “ajdarlar” sondagi ustunlikdan unumli foydalana olmadi.

E guruhining ikkinchi o‘yinida Saudiya Arabistonining “Al-Faysali” jamoasi Iordaniyaning “Al-Vihdat” klubi bilan bahs olib boradi.
OChL

1-tur bahsi
8-aprel, juma

“As-Sadd” — “Nasaf” 1:1

Gollar: 0:1 — 31 Pedro Korrea (avtogol), 1:1 — 55 Bualim Huhi.

"As-Sadd": 22. Mishaal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Abdulkarim Hassan, 5. Jung Vu Yung, 8. Ali Asad (6. Tariq Salmon, 68), 16. Bualim Xuxi, 15. Akrom Afif (20. Salim al-Hajri, 81), 17. Gilyerme Torres, 19. Santi Kasorla, 10. Hasan al-Haydos (7. Muhammad Vaad Albayati, 68), 11. Bag‘dod Buneja.

“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 8. Dilshod Saitov, 92. Umarbek Eshmurodov, 4. Husniddin Aliqulov, 2. Alibek Davronov, 7. Sharof Muhitdinov (18. Bahrom Abdurahimov, 67), 20. Shahzod Akramov (17. Suhrob Nurulloyev, 46), 88. Marko Stanoyevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 99. Semir Smaylagich (10. Husayn Norchaev, 54).

Ogohlantirishlar: Semir Smaylagich (11), Suhrob Nurulloyev (50), Alibek Davronov (61), Pedro Korrea (61).
Chetlatishlar: Abdulkarim Hassan (26), Pedro Korrea (63).
218   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari