Goal24.uz » O'zbekiston » OChL. “Paxtakor” 5 ta gol urilgan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi

OChL. “Paxtakor” 5 ta gol urilgan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi

Автор: admin


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turida “Paxtakor” 14-aprel kuni “Al-Duhayl”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo‘lim yakuniga kelib ochildi. Sardor Rashidovning ajoyib uzatmasini Oliver Sharkich boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar umumiy hisobda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 67-daqiqada Edmilson muvozanatni tikladi, oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Sardor Sobirxo‘jayev yana “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Edmilson mukammal zarbasi bilan dublni qayd etdi, 84-daqiqaga kelib esa uning o‘zi o‘yindagi 3-golini urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “Paxatkor” gollar shousi taqdim etilgan bahsda Qatar klubiga mag‘lub bo‘ldi. Jamoa 1-turda “Sepahon”ga (Eron) jamoasiga mag‘lub bo‘ldi, 2-tur bahsida esa “At-Ta’vun”ni (Saudiya Arabistoni) yengdi. Toshkentliklar hisobida 3 ochko mavjud.
OChL
3-tur bahslari
14-aprel, payshanba

“Al-Duhayl” — “Paxtakor” 3:2

Gollar: 0:1 — 44 Sharkich, 1:1 — 67 Edmilson, 1:2 70 Sobirxo‘jayev, 2:2 — 72 Edmilson, 3:2 — 84 Edmilson.
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Pro liga Super liga Oliy liga O'zbekiston kubigi O'zbekistondagi barcha futbol yangiliklari o'zbekiston futbolidagi eng qaynoq yangliklar Pro liga yanglilari Super liga yangiliklari Oliy liga yangiliklari