Futbolchi "Arsenal"ni tark etishi mumkin.
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett bir qancha klublar bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi. Futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
“Men bir nechta klublar bilan muzokara olib bormoqdaman. Men [takliflarga] ochiqman”, dedi Lyakazett Canal+.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Forvardning transfer narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.
Lyakazett joriy mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.