Bu transferga shaxsan Anchelotti qiziqmoqda.
Madridning “Real” klubi “Chelsi” himoyachisi Ris Jeymsga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining transferiga shaxsan Karlo Anchelotti qiziqmoqda. Futbolchi "qaymoqranglilar" himoyasining o'ng qanotini kuchaytiruvchi sifatida qaraladi.
Jeymsning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transfer narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Jeyms joriy mavsumda Premer-ligada 31 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Futbolchi oltita gol va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.