"Manchester Yunayted"ni juda qiyin sinov kutib turibdi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ralf Rangnik "Liverpul" bilan bo'lajak uchrashuv haqida fikr bildirdi. Asosiy raqiblar ertaga oqshom mashhur Enfild Roud stadionida o'ynashadi.
“Biz bu o'yinda autsayderlar hisoblanamiz, ammo bu yuqori saviyada o'ynasak, g'alaba qozona olmaymiz degani emas. Bizda uch ochko olish imkoniyati bo'ladi.
Biz har doim ham maksimal natijaga erisha olmaymiz, lekin shu bilan birga, biz hali ham Premer-liganing kuchli 4taligidan joy olish uchun kurashamiz”, - dedi Rangnik.
Qo'shimcha qilamizki, "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.