Enzo Fernandes Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
"River Pleyt" yarim himoyachisi Enso Fernandes faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikkolo Skira o'zining Twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" 21 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, u allaqachon futbolchining ehtimoliy transferi haqida ma'lumot so'ragan.
Enzoning Argentina klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Fernandes chempionatda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. U Libertadores kubogi doirasidagi ikkita o‘yinda ham bitta gol urdi.