Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" Kostichga qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

"Inter" Kostichga qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

Автор: admin


“Neradzurri” serbni o‘z uyida ko‘rmoqchi.

Milanning “Inter” klubi “Ayntraxt” hujumchisiga yiliga 5 million yevro maosh oladigan 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Nemis klubi futbolchi uchun 15 million yevro tovon puli oladi. Bu haqda Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, nemis klubi Kostichni sotish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Ammo hozircha 29 yoshli serbiyalik hujumchining transferi uchun hech kim ariza bermagan.

Filip Kostich joriy mavsumda Bundesliganing 27 ta o'yinida ishtirok etdi va 12 ta gol urdi. Futbolchining hisobida to‘rtta gol va sakkizta golli uzatma bor.

Kostichning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
49   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
A Seriya Skudeto Italiya chempionati Milan Inter milan Roma Latsiyo Yuventus Napoli A Seriyadagi eng muhim yangiliklar Milan klubidag eng so'ngi yangliklar futbolchilar Eldor Shomurodov Martinez Dibala Italiya super kubigi Italiya kubigi