"Kadis" bosh murabbiyi Serxio Gonsales Ispaniya chempionatining 32-turida "Barselona"ga qarshi o'yindagi g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
“O'ylaymanki, bu biz uchun juda mos bo'lgan o'yin bo'ldi, stsenariy bizga to'liq mos edi. Bizning rejamiz ularnikidan farqli edi. Bugun biz rejalashtirgandek bo'ldi. "Kamp Nou"da bu raqibni mag'lub etish oson emas.Bu g'alaba bizga yoqilg'i bo'lishi kerak. Biz bu o'yinga katta ishtiyoq, katta kuch, raqibdan ochko olish ishtiyoqi bilan tayyorgarlik ko'rdik. Hammasi a'lo darajada o'tdi. Ushbu bosqichdagi g'alaba bizni kuchaytirishi kerak», - deya Gonsalesning so'zlarini keltiradi Cadiz rasmiy sayti.
Ushbu g'alabadan so'ng Kadis quyi ligani tark etishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa 31 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. “Barselona” 31 uchrashuvda 60 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.