«PSJ» yozgi transfer oynasida hujumchi Lionel Messidan tashqari barcha argentinalik futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Anxel Di Mariya bilan shartnoma uzaytirilmaydi, Leandro Paredes va Mauro Ikardi esa Italiya A seriyasi klublari tomonidan qiziqishmoqda.
34 yoshli Di Mariya 2015 yildan buyon Fransiya terma jamoasida o‘ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
27 yoshli Paredes 2019 yilning yanvarida «Zenit»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 22 ta o'yinda 1 gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
29 yoshli Ikardi 2019 yilda parijliklar tomonidan "Inter"dan ijaraga olingan, bir yil o'tib esa u 50 million yevroga sotib olindi.Hujumchi mavsumning 30ta o'yinida 5ta gol urdi.